• Yumshoq muqova
• Qog'oz rangi: eco
• Sahifalar 241
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
• Stiker bonus
• Batafzil o'qing😊
U yosh edi, tevarak-atrofdagi hayot haqida hali juda oz narsa bilardi. Yangi Tokio dunyosi ham u o‘sib-ulg‘aygan muhitdan ancha farq qilardi. Megapolis u tasavvur qilganidan ancha katta bo‘lib chiqdi. Nima bilan shug‘ullanish mumkinligi juda ko‘p, odamlar bir-birlari bilan juda noodatiy muloqot qilishadi, hayot juda tez o‘tadi. Bularning barchasi tufayli u o‘zi va atrofdagilar o‘rtasida muvozanatni saqlay olmadi. Lekin eng muhimi - o‘sha yillarda uning yana qaytib boradigan joyi bor edi. Tokio vokzalidagi "Sinkansen"ga o‘tirib, bir yarim soatdan so‘ng "uyg‘unlik va do‘stlikning buzilmas qo‘rg‘oni"ga yetib borasan. Vaqt shoshilmay o‘tayotgan va hamisha kimning oldida yurakni ochish mumkin bo‘lsa, o‘sha kutadi.
Bu joyning izsiz yo‘qolganini u ikkinchi kursda, yozgi ta’tilda eshitgan edi.

