Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Sahifalar soni: 213
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga qo‘shing 📚
Bonus sifatida zakladka mavjud
To‘liq tavsifni o‘qing 😊
Ba’zan dardingizni yaqin insondan ko‘ra begona odamga aytish osonroq bo‘ladi. Son Xi ushbu kitobni o‘quvchiga go‘yo o‘z qiziga murojaat qilayotgandek yozgan va u aynan o‘sha begona inson bo‘lishi mumkin. U sizni tinglaydi, bag‘riga bosadi va umid beradi.
Ajralishdagi og‘riq abadiy emasligiga umid. Yurakka yaqin mashg‘ulot sizni albatta topishiga umid. Eng yaxshi davr ortda emas, aynan hozir ekanligiga umid.
Bu kitobda yurakka ta’sir qiladigan va qo‘llab-quvvatlovchi o‘nlab hikoyalarni topasiz. Ular hayotni butun qalb bilan yashash, o‘zingizni keyinga qoldirmaslik haqida hikoya qiladi. Zarur paytda o‘zingizni qanday qo‘llab-quvvatlash, o‘tmish bilan o‘zingizni qiynamasdan, ertangi kunga ochilish haqida so‘z yuritadi.
Han Son Xi — I-Han ruhiy salomatlik klinikasi direktori, psixoanalitik va bolalar psixiatri. Kore universitetining tibbiyot fakultetini tamomlab, tibbiyot fanlari doktori darajasini olganidan so‘ng, u 20 yildan ortiq Seul milliy shifoxonasida (hozirgi Ruhiy salomatlik milliy markazi) faoliyat yuritgan. Keyinchalik Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetida (UCLA) taklif etilgan o‘qituvchi sifatida ishlagan, Koreya psixoanalitik assotsiatsiyasi prezidenti bo‘lgan hamda Kore universiteti va Sonkyungvan universitetining tibbiyot fakultetlarida dars bergan.

