• Mavsumiyligi: Bahor, Yoz
• Qo'llanish sohasi: Kundalik, ofis, maxsus tadbirlar
• Atir turi: Sitrusli, aromatik, o'rmonli
IFOR TAVSIFI
Karus Blu Spice birinchi sepilishda darhol o'ziga tortadi — choyning toza, tetiklashtiruvchi akkordlari bergamotning limonli yorqinligi bilan qo'shilib, hissiyotlarni uyg'otadi. Bu boshlanish shunchalik aniq va tabiiy ko'rinadiki, xuddi saharda choy piyolasini tutganday his qilasiz. Biroz vaqt o'tgach, ifor o'z yuragi — ziravorli qatlamini ochadi: dolchanning shirin issiqligi, nerolining nozik gul ohangiga qo'shilib, zanjabilning o'tkir uchquni bilan muvozanatlashadi. Bu kombinatsiya aromat xarakteriga chuqurlik va mardlik baxsh etadi. Yakunida amber yog'ochi, tutatqi va gvaяk daraxtining boy, mayin bazasi iforni terida soatlab saqlab qoladi, nozik va salobatli iz qoldirib.
IFOR PIRAMIDASI
Yuqori notalar: Choy, Bergamot
O'rta notalar: Darchin, Neroli, Zanjabil
Asosiy notalar: Amber yog'ochi, Tutatqi, Gvayak daraxti
XUSUSIYATLARI VA TAVSIYALAR
Mavsumiyligi: Bahor va yoz fasllari uchun qulay.
Qo'llanish sohasi: Kundalik foydalanish, ofis, maxsus tadbirlar uchun ideal tanlov.
Atir turi: Eau de Parfum — boy va sezilarli hid.
Hajmi: 100 ml
Ishlab chiqarilgan mamlakat: BAA (Birlashgan Arab Amirliklari)
NIMA UCHUN SIZ AYNI KARUS BLU SPICE NI TANLASHINGIZ KERAK?
Louis Vuitton Imagination kabi dunyoga mashhur atirning eng yaxshi muqobili sifatida tan olingan Karus Blu Spice, o'n barobar past narxda shu darajada sifatli tajriba taqdim etadi. Khadlaj — 1997 yildan beri BAAning eng nufuzli atir uylari qatorida turuvchi brend. Karus Blu Spice shu brendning obro'sini to'liq oqlaydi: u sun'iy yoki ko'chirmаchi emas, balki o'z ichki xarakteri va chuqurligi bilan ajralib turadigan mustaqil asardir.
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o'tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi:
Yuqori notalar — bu atirning birinchi «salomi», uni sepgan zahoti sezasiz.
O'rta notalar — iforning «yuragi», u 20 daqiqadan keyin ochilib, asosiy yoqimli hidni beradi.
Asosiy notalar — eng chidamli qism bo'lib, aynan shu hid uzoq vaqt teringizda saqlanib qoladi.
📌 Maslahat: Iforni to'liq his qilish uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi.

