Kichik provinsial shaharcha bir kechada «o‘lik shahar»ga aylanadi. Ko‘chalarda jasadlar yotibdi, uylar uzra esa halokatli olov alangalanmoqda. Olovli qiyomatning butun dahshati birgina insonning - Kerri ismli qizning ishi. U g‘alati bir beva ayolning bechora, qo‘rqitib o‘stirilgan qizi. Ko‘p yillar davomida Kerrining telekinez qobiliyati pinhon yotgan edi, toki bir kun kelib u uyg‘onmaguncha.
Va o‘sha kuni shaharchaga o‘lim kirib keldi...

