Farzandingiz Prezident maktabi yoki Al-Xorazmiy maktabiga kirishga tayyorlanyaptimi?
Bu kitob aynan shu imtihon uchun tuzilgan. Oddiy maktab darsligidan farqli
o'laroq, bu yerdagi har bir mavzu va har bir masala kirish imtihonining
haqiqiy darajasiga moslangan.
KITOB TARKIBI
- Nazariy qism — har bir mavzu sodda tilda, misollar bilan tushuntirilgan
- Mavzulashtirilgan mashqlar — oson darajadan murakkabgacha bosqichma-bosqich
- Imtihon formatidagi testlar — haqiqiy imtihondagi kabi tuzilgan
- Mustaqil ishlash uchun variantlar — o'z bilimini sinab ko'rish imkoniyati
KIMGA MO'LJALLANGAN
- Prezident maktablariga tayyorlanayotgan 3- va 4-sinf o'quvchilariga
- Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek, Ibn Sino va boshqa ixtisoslashtirilgan
maktablarga hujjat topshirmoqchi bo'lganlarga
- Farzandini uyda mustaqil tayyorlamoqchi bo'lgan ota-onalarga
- O'quv markazlari va repetitorlarga — darsda foydalanish uchun
NIMASI BILAN AJRALIB TURADI
- Masalalar imtihonda haqiqatdan uchraydigan turlarga qarab tanlangan
- Har bir mavzu oxirida mustahkamlash bloki bor — bola o'zi tekshira oladi
- Javoblar va batafsil yechimlar Qayiq ilovasida: kitobdagi masalani
ishlaganingizdan so'ng ilovadan yechimni ko'rib, xatoni darrov tuzatasiz
- Ilovada shu yo'nalish bo'yicha 4000 dan ortiq qo'shimcha test savoli mavjud
KITOB HAQIDA
Muallif: Sanjar Noryigitov
Sinf: 3-4-sinflar
Sahifalar soni: 230
Formati: B5 (176 x 250 mm)
Muqovasi: yumshoq
Tili: o'zbek
Nashriyot: KEMA Ta'lim
ISBN: 978-9943-9668-7-1
Farzandingizning kelajagi bugungi tayyorgarlikdan boshlanadi.

