Falsafa fanlari doktori, psixolog va Stenford universiteti professori Kelli Makgonigal inson ruhiyati va jismoniy holat o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Uning bakalavriat talabalari uchun psixologiya kurslari ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Ulardan biri Stenford universitetining o‘qituvchilar uchun eng oliy mukofoti - Uolter Gor mukofotidir. Makgonigalning mashhur ochiq kurslari, jumladan, "Iroda ilmi" va "Mehr-shafqat ilmi" odamlarni baxtli va muvaffaqiyatli qilish uchun psixologiyadan qanday foydalanishni o‘rgatadi.

