“Kelishda non olib keling” — hayotiy, samimiy va har bir inson qalbini larzaga soluvchi hikoyalar to‘plami.
Turk adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan biri Shermin Yashar o‘zining ushbu asarida biz kundalik hayotda e’tibor bermaydigan, ammo ortida ulkan darmon va dard yashiringan oddiy vaziyatlarni mahorat bilan yoritib beradi. Kitob ichidagi 18 ta hikoya sizni goh yig‘latadi, goh o‘ylantiradi, gohida esa yuzingizga tabassum yugurtiradi.
Kitob nima haqida?
Asarga nom bo‘lgan bosh hikoyada 16 yil davomida uyiga qaytmagan otasini kutgan oila hayoti bayon etiladi. Biz har kuni ishlatadigan oddiygina “Kelishda non olib keling” iborasi asgelida shunchaki maishiy ehtiyoj emas, balki oila bag‘riga qaytish, sog‘inch va cheksiz umid ramzidir. Muallif bolalikdagi ko‘rinmas jarohatlar, oilaviy munosabatlardagi uzilishlar va eng yaqin insonlar o‘rtasidagi aytilmagan gaplar haqida so‘zlaydi.
Nima uchun ushbu kitobni sotib olish kerak?

