• Yallig‘lanishni kamaytiradi va erkin radikallar bilan zararlangan hujayra membranasini tiklaydi
• Teri gidratatsiyasini oshiradi.
• Teri hujayralarining metabolik funksiyalari (ROS va RNS) mahsuloti bo‘lgan erkin radikallarni neytrallaydi
• AA2GTM molekulyar faol moddasi erkin radikallarga elektron yuborib, ularning shikastlovchi ta’sirini neytrallaydi.
• Antioksidant sifatida ta’sir qiladi, erkin radikallar keltirib chiqaradigan shikastlanish va yallig‘lanishni kamaytiradi.
• Kollagen ishlab chiqarilishini saqlab qolish va rag‘batlantirish orqali qarish belgilariga qarshi kurashadi. Terini quyosh nurlaridan himoya qiladi.

OXIDANCE
ANTIOXIDANT MULTIDEFENSE CREAM -VIT. C+C SPF 15
С+С VITAMINLARI BOR ANTIOKSIDANT MULTIHIMOYALOVCHI QHF15 KREMI
Qanday vosita?
Nozik, tez shimiladigan, kunduzgi krem. Terining erta qarishiga olib keladigan ifloslanish, quyosh nurlari kabi tashqi omillarning salbiy ta’siriga uchraydigan stressli terini parvarishlash uchun maxsus ishlab chiqilgan.
QANDAY XUSUSIYATLARGA EGA?
Teri hujayralarining metabolik funksiyalari (ROS va RNS) mahsuloti bo‘lgan erkin radikallarni neytrallaydi. Yallig‘lanishni kamaytiradi va erkin radikallar bilan zararlangan hujayra membranasini tiklaydi. Teri gidratatsiyasini oshiradi.
QACHON QO‘LLANILADI?
Keenwell professional antioksidant parvarishi bilan birga oksidant stress, suvsizlanish, teri qarishi va qizarish belgilari bo‘lgan terini parvarishlash uchun. Boshqa kosmetik antioksidant va yoshartiruvchi muolajalarga profilaktik va/yoki qo‘llab-quvvatlovchi uy parvarishi vositasi sifatida.
QANDAY TAʼSIR QILADI?
AA2GTM molekulyar faol moddasi erkin radikallarga elektron yuborib, ularning shikastlovchi ta’sirini neytrallaydi. Antioksidant sifatida ta’sir qiladi, erkin radikallar keltirib chiqaradigan shikastlanish va yallig‘lanishni kamaytiradi. Kollagen ishlab chiqarilishini saqlab qolish va rag‘batlantirish orqali qarish belgilariga qarshi kurashadi. Terini quyosh nurlaridan himoya qiladi.
QANDAY QO‘LLANILADI?
Uyda qo‘llash uchun. Ertalab yuz, bo‘yin va dekolte terisiga, tozalangandan, tetiklashtirilgandan va C+C vitaminlari bor antioksidant intensiv tiklovchi zardob – Serum Antioxidante Proteccion Intensa Vit C+C surtilgandan so‘ng suriladi.
TARKIBI QANDAY?
AA2 G™ | Aquapront™ | Rice oil | RonaflairR Balance Gold & Red
NATIJALAR
Atrof-muhit omillari ta’sirida kelib chiqqan zararlarni bartaraf etib, tiklovchi ta’sirni kuchaytiradi. Terining namlanishini va turgorini oshiradi, kollagen hosil bo‘lishiga yordam beradi. Ajinlarni, shu jumladan mimik ajinlarni kamaytiradi. Tamaki chekuvchilar terisini parvarishlash uchun mos keladi. Terini ozgina tiniqlashtiradi, tusini tekislaydi va nuqsonlarini minimallashtiradi. Bir zumda teriga yorqinlik beradi.
Hajmi: 50 ml
Uy sharoitida qo‘llash uchun

