• detektiv
Togayevlar xonadonining barcha a'zolari mudhish qotillik qurboniga aylanishdi. Ularning bunday ayanchli taqdiriga boylik sababmi yoki.. Ketma-ket sodir etilgan jinoyatlar ishtirokchilari kimlar yoki bu bitta odamnıg ishimi? Qissadagi qahramonlardan biri Mayram nima uchun ozini qariyb 20 yil davomida karlikka, gunglikka solib yurdi? Ne'matillanıng baxtli oilasiga ko'z tegdimi yoki ular ham baxtsizlik qurbonlarimi? Tergovchilar Faxriddin bilan Sanjarbek nima uchun aynan 20 yil avvalgi jinoyat sabablarini o'rganishga bel bog 'ladilar? Qo'lingizdagi kitob qahramonlari jinoyat olamining ana shunday nihoyatda chigal va nihoyatda murakkab muammolari va sirlariga yechim izlaydi.

