Karagning ashaddiy dushmani Endryu Milling g‘oyib bo‘lganidan so‘ng, bolaning hayoti tinchlanmadi. Shaharda sirli o‘g‘irliklar seriyasini sodir etayotgan jinoyatchi paydo bo‘ldi. Politsiya hayron: o‘g‘ri oddiy odam hech qachon kira olmaydigan joyga ham kiradi. Karag va uning do‘stlari tushunishadi: ehtimol, o‘g‘ri ham o‘zlariga o‘xshagan va hayvon yoki hasharotga aylana oladi... Ammo Karag o‘g‘rining izlarini topgach, qattiq qo‘rqib ketdi: dalillar jinoyatchi uning eng yaqin dugonasi Xolli ekanligiga ishora qilmoqda. Nahotki bu rost bo‘lsa? Endi Karagu nima qilsin?
"Xollining siri" - "O‘rmon bolalari" bestseller seriyasining uchinchi kitobi. Qiziqarli va xavfli sarguzashtlar, o‘tkir hazillar, g‘ayrioddiy maktab va haqiqiy do‘stlik haqidagi hikoya - Keti Brandisning kitoblari turli mamlakatlarda shunchalik mashhur bo‘lgani bejiz emas.

