Eng ko‘p sotiladigan klassik uslubdagi, yo‘l-yo‘l naqshli erkaklar ko‘ylagini taqdim etamiz. Uzun yengli ushbu ko‘ylak yuqori sifatli va qo‘lga yoqimli turk matosidan tayyorlangan. Amaliy xususiyatga ega mato o‘z shaklini yaxshi saqlaydi, ko‘rkam ko‘rinishga ega va dazmollash oson; tarkibidagi paxta esa havo o‘tkazuvchanlikni ta’minlaydi. To‘g‘ri bichimi professional va nafis ko‘rinish hosil qilib, ushbu modelni ofis hamda ish muhiti uchun ajoyib tanlovga aylantiradi .Bu klassik erkaklar ko‘ylagi kundalik kiyish uchun juda mos keladi. Och moviy rangdagi ko‘ylagimiz bitiruv kechalari, to‘ylar yoki korporativ tadbirlar uchun ayni muddaodir. Yuqori sifatli va zamonaviy ushbu ko‘ylak qulay bo‘lib, har qanday kiyim bilan yaxshi uyg‘unlashadi.
Iltimos, ko‘ylaklarni o‘lchamiga qarab tartiblang.
O‘LCHAM
48-o‘lcham, bel aylanasi 140 sm
50-o‘lcham, bel aylanasi 144
52-o‘lcham, bel aylanasi 152 sm

