Xprinter XP-58IIH — savdo nuqtalari, do‘konlar, kafelar, dorixonalar, omborlar va xizmat ko‘rsatish markazlari uchun qulay termal chek printeri. Model 57–58 mm kenglikdagi oddiy termal chek qog‘oziga chop etadi.
Termal bosib chiqarish texnologiyasi tufayli printerga siyoh, toner yoki kartrij kerak emas. Bu foydalanish xarajatlarini kamaytiradi va qurilmaga xizmat ko‘rsatishni osonlashtiradi. Printer USB interfeysi orqali kompyuterga ulanadi va mos kassa yoki savdo dasturlari bilan ishlatilishi mumkin.
Ixcham o‘lchami tufayli qurilma kassada yoki ish stolida kam joy egallaydi. Cheklarni tez va tushunarli chop etishi kundalik savdo jarayonini qulaylashtiradi. Qog‘ozni almashtirish ham oson.
Muhim: ushbu model oddiy uzluksiz termal chek lentasi uchun mo‘ljallangan. 58×40 mm samokleyka etiketka va shtrix-kod stikerlarini chop etish uchun tavsiya etilmaydi.

