Uzoq kutilgan Garry Kasparovning avtobiografik uch jildlik asari “Mening shaxmat yo‘lim” “Mening buyuk o‘tmishdoshlarim” va “Zamonaviy shaxmat” loyihalarining davomi hisoblanadi (2003–2010).
Ushbu to‘plamga 13-jahon chempionining eng yaxshi va eng esda qolarli 300 ga yaqin partiyalari hamda endshpillari batafsil izohlar bilan kiritilgan. Birinchi jild 100 ta partiyani o‘z ichiga oladi va Kasparovning chempionlikdan oldingi ijodiy davrini (1973–1985) qamrab oladi.
Bu qiziqarli kitobning har bir bobi uning sport faoliyatidagi muhim bosqichlarini yoritadi.

