Birinchi muvaffaqiyatli tergovdan so‘ng, Jeymi va Sharlotta qishki ta’tilda Xolmsning oilaviy mulkiga borishadi. G‘amgin gotik qasr Jeymini zeriktiradi — boz ustiga, Xolmslarning fe’l-atvori qizinikidan ham og‘irroq. Deduksiyaning bu sovuq saltanatidagi yagona yorug‘ nuqta — Sharlottaning sevimli amakisi, hazilkash va mehribon Leandrdir. U juda g‘alati vaziyatda to‘satdan g‘oyib bo‘ladi.
Sharlotta amakisining izini topishga urinib, Berlinga yuguradi - suratlarni soxtalashtiruvchilarning fitnasiga aralashish, Moriarti urug‘i bilan yana to‘qnashish uchun... Yana birinchi muhabbating bilan uchrashish. Jeymi qaysi biri xavfliroq ekanini bilmaydi.

