• L-karnitin va magniyning qo'shimcha manbai
• To'qimalarning energiya ta'minotini yaxshilash, xususan, yurak faoliyatini ta'minlash
• Immunitetni mustahkamlash va organizmning psixoemotsional yuklamalar, stress holatlari
• Jadal jismoniy yuklamalar va psixoemotsional yuklamalar, ish qobiliyati, chidamlilikni kuchaytirish, jismoniy mashqlar, sport bilan shug’ullanish paytida, shu jumladan qariyalarda ham, charchoqni kamaytirish
• O’tkazilgan kasalliklar va jarrohlik aralashuvidan, jarohatlardan keyin tiklanish davrida, shu jumladan, to'qimalarning qayta tiklanishini tezlashtirish uchun tavsiya etiladi

Xususiyatlari:
L-Karnitin – B vitaminlari guruhidagi tabiiy modda va organizmni energiya bilan ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. L-karnitin lipidlarni energiyaga aylantirishda ishtirok etadi, modda almashinuvini kuchaytiradi, yurak-qon tomiri tizimining funktsional holatini yaxshilaydi. L-karnitinning energetik ta'siri jigar holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, natijada, jigarning dezintoksikatsiya va oqsil-sintetik funktsiyasi kuchayadi, ATFning parchalanishi natijasida hosil bo'ladigan energiya yurak-qon tomiri tizimining funktsional faoliyatini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Magniy - makroelement, ferment reaktsiyalarini faollashtiradi, almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi. Magniy ko'pincha yurakning normal faoliyatini (ayniqsa, miokardni) belgilaydi, yurak urishi maromini barqarorlashtiradi, qon tomirlarining spazmini kamaytiradi, shu bilan qon aylanishini yaxshilaydi. Magniy asab-mushaklarning qo’zg’alish jarayonida ishtirok etadi. Magniy jadal jismoniy, shuningdek aqliy yuklamalarda foydalidir.
KARNIMAG yurak va butun organizmni yog' va energiya almashinuvi uchun zarur bo'lgan muhim ozuqa moddalari bilan ta'minlaydi.

