• Bolalarda bo’y va vaznning sekin oʻsishi
• Mushaklar tonusining pastligi
• Tug'ilganda kislorod yetishmasligi oqibatlari
• Gipotenziya. Harakatsizlik
• Ruhiy va asabiy rivojlanishidan ortda qolish. Yuqori jismoniy va aqliy yuklanishlar
• Bolalarda bshtahaning sustligi

Xususiyatlari:
L-karnitin – B guruh vitaminlariga yaqin boʻlgan tabiiy modda. Modda almashinuvi jarayonlarida uzun zanjirli yogʻ kislotalari (palmitin va boshqa)ni sitoplazmalardan mitoxondriyaga tashuvchi sifatida ishtirok etadi, bu yerda ushbu kislotalar adenozintrifosfor kislota va atsetil-KoA hosil qilib, β-oksidlanishga uchraydi. Oqsil va yogʻ almashinuvini yaxshilaydi, meʼda va ichak shirasi sekretsiyasi va fermentativ faolligini oshiradi, ovqatni oʻzlashtirishni yaxshilaydi, tananing ortiqcha vaznini pasaytiradi va mushaklarda yogʻ miqdorini kamaytiradi. Jismoniy zoʻriqishlarga bardoshlilikni oshiradi, ketokislotalar hosil boʻlishini va anaerob glikozni toʻxtatadi, laktatatsidoz darajasini pasaytiradi, glikogenning tejab sarflanishiga koʻmaklashadi va uning jigar va mushaklardagi zaxirasini koʻpaytiradi. Anabolik va lipolitik taʼsir koʻrsatadi. Gipertireozda oshib ketgan asosiy modda almashinuvini meʼyorlashtiradi: qalqonsimon bez funksiyasining bevosita ingibitori emas, tireoid gormonlar taʼsirining periferik (bilvosita) antagonisti hisoblanadi. Modda almashinuvi va toʻqimalarning energiya bilan taʼminlanishini yaxshilaydi.
Magniy – organizm hujayralarini energiya bilan taʼminlash, fermentlarni faollashtirish uchun muhim element, modda almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi va qonda glyukoza darajasini stabillashtiradi.
Vitamin B6 - yurak-qon tomir tizimining funktsiyasi, qon tomir tonusi uchun foydali, immunitetni saqlashda muhim ahamiyatga ega, shuningdek oshqozon-ichak yoʻlidan magniyning soʻrilishi va uning hujayralarga kirib borishini yaxshilaydi

