Yosh Lora otasi — iste’fodagi harbiy bilan birga Avstriya imperiyasining go‘zal o‘rmonlari orasidagi yolg‘iz qo‘rg‘onda yashaydi. U o‘zini yolg‘iz his qiladi, ayniqsa yagona do‘sti bo‘lishi mumkin bo‘lgan Bertaning to‘satdan o‘limi haqidagi xabarni eshitgach.
Ammo bir kuni qo‘rg‘onga Karmilla ismli begona qiz keladi. Uning aravasi yo‘lda avariyaga uchragan bo‘lib, qizning onasi yarador qizini bir muddat boshpana berishni so‘raydi.
Lora va Karmilla ko‘p vaqtni birga o‘tkazadilar, biroq sirli mehmon o‘zi haqida hech narsa aytmaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, g‘alati voqealar sodir bo‘la boshlaydi: Lora kasallanadi, ahvoli har kuni yomonlashadi, va kechasi uni dahshatli tushlar qiynaydi.
Bu — Jozef Sheridon Le Fanyuning klassik vampir hikoyasining uzoq kutilgan qayta nashri. “Karmilla” — adabiyot tarixidagi birinchi vampir trilleri bo‘lib, u Brem Stokerning mashhur “Drakula” asaridan 25 yil avval yozilgan. Roman bir necha bor ekranlashtirilgan. “Karmilla”ning dunyo tillarida 3000 dan ortiq nashr va qayta nashrlari mavjud.
Jozef Sheridon Le Fanyuni ko‘pincha Edgar Po bilan taqqoslashadi — uning gotik roman va hikoyalari bir asrdan ortiq vaqt davomida dahshat janridagi yozuvchilarni ilhomlantirib kelmoqda.

