Karam boshlari kattaligi va tigʼizligiga koʼra, mayda (0,5—1,5 kg), oʼrtacha (1,5 — 2,5) va
yirik (2,5 kg dan ortiq) vaznda boʼladi. Gullari sargʼish, yirik, shingillarga toʼplangan,
mevasi qoʼzoq. Urugʼi yumaloq, toʼq qoʼngʼir, diametri 2 mm cha. Karam sovuqqa chidamli,
urugʼi 2 — 5° da una boshlaydi. Koʼkati — 5° so-vuqqa, katta oʼsimligi — 8° qisqa muddatli
sovuqqa chidaydi. Oq boshli Karam 11—18° t-rada bosh hosil qiladi. T-ra 25° dan oshganda
bosh chiqarishi kechi-kadi; sernam va yorugʼ joyda tez rivojlanadi.

