Savdo belgisi:
Cell - For®
Chiqarilish shakli: Kapsula №30, кapsulalar ichakda eruvchan, jelatin tarkibli, qattiq, va o`lchami № 00. Kapsulaning tarkibi: Jelatin – 75,44 mg rang beruvchilarsiz, “Halol” sertifikatiga ega.
Cell - For® tarkibi: 1 kapsuladagi faol moddalar: kaltsiy glitserofosfat 200 mg; Vitamin B6 1,5 mg; Vitamin D3 5 mkg (200 МЕ); Vitamin C 20 mg. Yordamchi moddalar: kraxmal, mkts, kaltsiy stearat.
Farmako-terapevtik guruh: Kaltsiy va fosfor almashinuvi regulyatori + Vitaminlar.
АТХ kodi: A12AA08
Farmakologik ta’siri: Cell-For® kaltsiy-fosfor almashinuvining kombinatsiyalangan regulyatori, farmakologik ta’siri uning tarkibidagi aktiv moddalar bilan bog`liqdir.
Kaltsiy glitserofosfat (Calcium glycerophosphate) - kaltsiy va fosfor almashinuvining regulyatori, kaltsiy va fosfor yetishmovchiligini tiklovchi, tonik ta'sirga ega, organizmdagi metabolik jarayonlarni rag'batlantiradi. Kaltsiy ionlari nerv impulslarini uzatishda, silliq va chiziqli mushaklarning qisqarishida, miyokard funktsiyasida, qon ivishida ishtirok etadi; suyak to'qimasini shakllantirish, elektrolitlar muvozanatini saqlash va boshqa tizimlar va organlarning ishlashi uchun zarur. Tanadagi kaltsiy va fosfor almashinuvini normallashtiradi, umumiy quvvatlantiruvchi ta'sirga ega.
Piridoksin (vitamin B6) - asab hujayralari metabolizmini tartibga solishda va boshqa ko'plab modda almashinuv jarayonlarida faol qatnashadi. B6 vitamini oshqozon-ichak traktidan kaltsiyning so'rilishini va hujayralarga kirishni yaxshilaydi.
D3 vitamini - kaltsiy-fosfor almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi, ichakda kaltsiy va fosfatlarning so'rilishini kuchaytiradi (ichak epiteliysining hujayra va mitoxondrial membranalarining o'tkazuvchanligini oshirish orqali) va ularning buyrak kanalchalarida reabsorbtsiyasini oshiradi; suyak mineralizatsiyasini, bolalarda skelet suyaklari va tishlarini shakllanishiga yordam beradi, ossifikatsiya jarayonini kuchaytiradi, paratireoid bezlarining normal ishlashi uchun zarurdir.
Askorbin kislotasi - metabolik ta'sirga ega, inson tanasida hosil bo'lmaydi, faqat oziq-ovqat bilan birga keladi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevod almashinuvini, qon ivishini, to'qimalarning yangilanishini tartibga solishda ishtirok etadi; organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi, steroid gormonlar, kollagen, prokollagen sintezida ishtirok etadi.
Farmakokinetikasi: Cell - For® og’iz orqali qabul qilinganda organizmga yuqori darajada singish xususiyatini namoyon qiladi, asosan 12 barmoq ichak va ingichka ichakning proksimal qismidan Ca2+ ionlangan shaklda qonga so’riladi. Qon zardobidagi umumiy kaltsiyning 50% ionlangan kaltsiy, 5% anion komplekslar tarkibida, 45% qon plazmasi oqsillari bilan bog'langan shaklda bo’ladi. Asosan buyraklar (20%) va ichaklar (80%) orqali ajraladi.
Qo’llashga ko`rsatmalar:
• gipokalsemiya; tananing umumiy qarshiligining pasayishi (to'yib ovqatlanmaslik, ortiqcha ish, asabiy charchoq bilan).
• raxitning oldini olish va davolash;
• turli sabab bilan kelib chiqqan osteoporozni kompleks muolajasida;
• osteomalatsiyalarni davolashda (45 yoshdan oshgan bemorlarda minerallar almashinuvining buzilishi fonida, turli jarohatlardan keyingi uzoq muddat immobilizatsiya holatlarida);
• suyak va biriktiruvchi to’qimalar distrofiyasida;
Qo’llash tartibi: Tana vazni 70 kg gacha bo'lgan kattalar 1 kapsuladan kuniga 2 mahal ovqatdan keyin tavsiya qilinadi. Homiladorlik va laktatsiya davrida (emizish paytida) shifokor ko’rsatmasiga binoan tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish mumkin.
Tana vazni 70 kg dan yuqori bo’lgan kattalar shifokor ko’rsatmasi bilan 2 kapsuladan 2 maxal ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya qilinadi.
12 yoshdan oshgan bolalarga shifokor ko’rsatmasi bilan 1 kapsuladan 1maxal – ovqatdan keyin qabul qilinadi. Zaruratga ko’ra takroriy muolaja kursini shifokor individual ravishda belgilaydi.
Qo`llashga qarshi ko`rsatmalar: preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, giperkalsemiya, og'ir giperkaltsiuriya, tromboz, tromboflebit, qon ivishining kuchayishi, og'ir buyrak etishmovchiligi, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Nojuya ta’sirlari: kamdan-kam xollarda: engil ko'ngil aynishi, qorin og'rig'i; allergik reaktsiyalar.
Berilish tartibi: shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi: MCHJ “Bio Time” ekskluziv «Neo Group Style» kompaniyasi uchun.
O`zbekistonda ishlab chiqarilgan.

