«Rus sheʼriyatining quyoshi» deb nom olgan Aleksandr Sergeyevich Pushkin nasrda xam, nazmda xam samarali ijod qilgan buyuk siymodir. U yangi rus adabiyotining asoschilaridan biri sifatida rus madaniyati tarixiga kirdi. Pushkin o‘zining yo‘l xotiralari, badihalari, tarixiy roman va qissalari bilan nasrchilik janriga asos soldi. Shoir ijodida ertaklar ham alohida o‘ringa ega. Uning ijodi rus dramasi va teatri taraqqiyotida ham muhim rol o‘ynadi.

