Kundalik vazifalar uchun ixcham o'lcham, katta xajmdagi o'ram va izsiz yopishtirish!
Ingichka shaffof kantselyariya skotchi (kley lentasi) — uyda, o'quv yurtlarida va ish joyida eng ko'p ishlatiladigan ajralmas yordamchidir. Lenta mayda detallarni chiroyli va deyarli sezdirmasdan yopishtirish uchun 15 mm qulay kenglikka hamda uzoq vaqt yetadigan 50 metrli katta hajmdagi o'ramga ega.
Skotch yupqa, ammo uzilishga bardoshli sifatli polimer plyonkadan tayyorlangan. Yuqori darajadagi kley qatlami har qanday qog'oz, karton, shisha va plastik yuzalarga tez va mustahkam yopishishni ta'minlaydi. Lenta vaqt o'tishi bilan sarg'ayib ketmaydi, qatlamlarga ajralmaydi hamda qaychi bilan yoki maxsus stol usti dispenserlarida oson kesiladi.
Ingichka skotch asosan qayerda qo'llaniladi:
Ofisda va ish yuritishda: Hujjatlarni ishonchli mahkamlash, yirtilgan varaqlarni ta'mirlash, konvertlarni yopishtirish, eslatma va blanklarni osib qo'yish.
Maktab va bog'chalarda: Plakatlar, applikatsiyalar tayyorlash, darsliklar, daftar va bolalar kitoblarini ta'mirlash.
Uyda va ro'zg'orda: Ijodiy ishlar, qo'l mehnati (hendmeyd) va sovg'alarni qadoqlash (ingichka lenta rangli sovg'a qog'ozlarida mutloq sezilmaydi).
Savdo sohasida: Narxnoma (tsennik), birka va shtrix-kodlarni vaqtincha yopishtirish yoki yengil qadoqlarni mahkamlash.

