"Kamtarlik va kibr" kitobida Islom dinida kamtarlik fazilati va kibr illatining mazmuni Qur'on oyatlari, hadisi shariflar hamda salaf ulamolarining hikmatli so'zlari asosida yoritilgan. Asarda tavoze'ning fazilatlari, kibrlanishning sabablari, zararli oqibatlari va undan qutulish yo'llari batafsil bayon etiladi. Kitob ma'naviy tarbiya, axloqiy poklanish va go'zal xulqni shakllantirishni istagan kitobxonlar uchun mo'ljallangan.

