Muallif ushbu asarni bir necha oʻn yillik ilmiy va tahliliy izlanishlari natijasi sifatida taqdim etadi. Kitobda Oʻzbekiston jamiyati va davlatchiligining shakllanish jarayonlari, siyosiy tafakkur evolyutsiyasi, boshqaruv madaniyati, jamiyat zehniyati hamda qadriyatlar masalasi atroflicha tahlil qilingan.
Asarda quyidagi yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratilgan:
davlat va jamiyat munosabatlari;
siyosiy madaniyat va plyuralizm;
erkinlik va huquqiy davlatchilik;
ijtimoiy ishonch va norozilik tabiati;
tashqi siyosat va geosiyosiy yondashuvlar;
yaqin oʻtmish va bugungi transformatsiya jarayonlari.
Muallif qadriyatlar prizmasi orqali millatning birlashuv qobiliyati, yangi davrda yangi zehniyat va siyosiy madaniyat shakllanishi masalalarini yoritishga harakat qilgan.
Kitob siyosatshunoslar, jurnalistlar, talabalar hamda mamlakat taraqqiyoti masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar uchun moʻljallangan.
ISBN : 9789910095931
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 376
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2025
Nashriyot : Booktopia
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : Jilosiz
Muallif : Kamoliddin Rabbimov

