CALCIY TRIACTIVE® D3 - bu suyaklaringizning mustahkamligi va salomatligi uchun organik kalsiy sitrat, probiotiklar, D3 va B6 vitaminlarining faol yordami.
Tarkibida hayvon oqsili, GMO, gluten, laktoza, bo'yoqlar va konservantlar mavjud emas.
CALCIY TRIACTIVE® D3 1 ta stikda kalsiy sitrat shaklida 400 mg kalsiy saqlaydi, yuqori biosamaradorlikka ega, va karbonatdan farqli ravishda sitrat meteorizm, boʻgʻim, buyraklar va boshqalarda choʻkmalar yuzaga kelishi kabi nojoʻya taʼsirlarni keltirib chiqarmaydi. Kalsiy - suyaklar, tishlar, sochlar, tirnoqlarning shakllanishi va saqlanishi, yurak, qon tomirlari, nervlar, mushaklar, qon ivishi, energiya hosil boʻlishi va boshqalar uchun zarurdir.
D3 vitamini (xolekalsiferol) - D vitaminining faol shakli boʻlib, kalsiy va fosforning soʻrilishini taʼminlaydi, bolalarda suyak toʻqimalarining faol oʻsishi va shakllanishi davrida zarurdir.
В3 vitamini (niatsin) - Ostogenez va suyuk toʻqimasini qayta qurishda ishtirok etuvchi D3 vitaminining oʻzgarishi va faollashish jarayoni tartibga soladi; oqsillar, metionin va boshqalarning sintezida ishtirok etadi. Neyroprotektor, antioksidant taʼsirga ega. Qarish jarayonini sekinlashtiradi. CALCIY TRIACTIVE® D3 da nikotinamid shaklida mavjud boʻlib, nikotin kislotasidan farqli ravishda terining qichishishi va qizarishi, tana qizishi hissini chaqirmaydi.
В5 vitamin (pantoten kislota) – kortikosteroidlar shakllanishini ragʻbatlantiradi. Kemirchak va boʻgʻimlar holatini yaxshilaydi.
В6 vitamini (piridoksin) – suyak hujayralarida (osteoblastlarda) energiya almashinuvini faollashtiradi, faol oʻsish davrida va suyaklar sinishidan keyin minerilizatsiyani taʼminlaydi.
В7 vitamini (biotin) - suyaklar, boʻgʻinlar, teri, soch, tirnoqlarning tarkibiy asosi boʻlgan kollagen sintezini yaxshilaydi va shu bilan ularning holatini yaxshilaydi.
В9 vitamin (foliy kislotasi) - DNK, RNK, oqsillar, aminokislotalar va boshqalarni sintez qilish uchun zarurdir. Hujayralar boʻlinishida ishtirok etadi. Нomilaning (asab naychasi) normal shakllanishini taʼminlaydi. Saraton xavfini kamaytiradi. В9 vitamini yetishmovchiligi megaloblastik anemiya, bolalarda vaznda ortda qolish, psixomotor rivojlanishning kechikishi, homilador ayollarda homila anomaliyalari, homila tushishi va boshqalarga olib keladi.
Probiotiklar: oshqozon-ichak trakti faoliyatini, kalsiy va vitaminlarning soʻrilishini yaxshilaydi. Organizmni sogʻlomlashtiradi, immunitetni mustahkamlaydi.
Prebiotiklar: probiotiklar uchun ozuqa muhit boʻlib, ichak faoliyatini yaxshilaydi.
Qoʻllanilishi:
• kalsiy, D3 va V guruhi vitaminlari manbai sifatida;
• bolalarda suyaklar, tishlarning oʻsishi va raxitning oldini olish uchun; diqqat yetishmasligi va giperqoʻzgʻaluvchanlikda;
• homilador va emizikli ayollarda kalsiy, foliy kislotasi va boshqalarga boʻlgan ehtiyojni qondirish uchun.
• keksa yoshdagi insonlarda suyaklar sinishi, osteoporoz, tishlarni parchalanishini oldini olish uchun;
• klimaksda; gipokalsiyemiya bilan endokrin buzilishlarida;
• gipokalsiyemiyada, sut mahsulotlarini istisno qiluvchi diyetalar hisobiga;
• suyak va boʻgʻimlarning jarohati, sinish va darz ketishidan soʻng ularni tiklash uchun;
• suyak-boʻgʻim, stomologik va yuz-jagʻ operatsiyalaridan soʻng;
• soch va tirnoqlarni mustahkamlash, ularning sinuvchanligi va qavat-qavat boʻlib koʻchishini oldini oladi;
• yuqori jismoniy faollikda, sport bilan shugʻullanuvchi insonlar uchun;
Qoʻllash usuli:
• 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga - pediatr tavsiyasiga ko'ra doza
• 1 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga – kuniga 1 ta stik
• 12 yoshdan katta bolalar va kattalarga - kuniga 2 ta stik
Tavsiya etilgan qabul qilish muddati 30-60 kun.
Qabul qilish soni va davomiyligi mutaxassis tomonidan alohida belgilanishi mumkin.
Qabul qilishdan oldin qaynatilgan suv, sut, bolalar ovqati kabi 20-50 ml sovutilgan suyuqlik bilan aralashtiring (bakteriyalar > 40 °C haroratda nobud bo'lishi mumkin). Olingan aralashmani yaxshilab aralashtirish va bir qabulda (bolaga bering) iste'mol qiling. Tayyor aralashmani keyinchalik ishlatish uchun qoldirmang. Kukun suyuqlikda to'liq erimasligi mumkin, bu uning tarkibidagi tabiiy komponentlarning xususiyatlari bilan bog'liq tabiiy va normal jarayon.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Saqlash sharoiti: Havoning nisbiy namligi 75 % dan yuqori bo'lmagan va +5 °С dan +25 °С gacha bo'lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati: ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi deb hisoblanmaydi.
Mahsulot DQS (Deutsche Gesellschaft zur Zertifizierung von Managementsystemen) Germaniya tashkiloti tomonidan
sertifikatlangan sifat va havfsizlik menejmenti ISO 9001, ISO 22000, HACCP tizimiga ega korxonada ishlab chiqarilgan.
BIOTACT DEUTSCHLAND GMBH (GERMANIYA) LITSENZIYASI VA NAZORATI OSTIDA ISHLAB CHIQARILGAN.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan.

