KALTSIY GLITSEROFOSFAT FARM FORMAT — D3 vitamini bilan tabletka shaklidagi biologik faol qo‘shimcha.
Mahsulot ratsionni kaltsiy saqlovchi birikmalar va D3 vitamini bilan to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.
BIR TABLETKA TARKIBIDA
• Kaltsiy glitserofosfat — 150 mg.
• Kaltsiy karbonat — 0,5 mg.
• D3 vitamini — 200 XB.
Yordamchi moddalar: magniy stearati, kartoshka kraxmali.
QADOQ
Karton qutida 20 tabletka: har biri 10 tabletkadan iborat 2 ta blister va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma mavjud.
QO‘LLASH
Qo‘llash tartibi, yoshga oid cheklovlar va qarshi ko‘rsatmalar bilan foydalanishdan oldin tanishing. Homiladorlik va emizish davrida, shuningdek bolalar uchun qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
SAQLASH
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati — 3 yil. Yaroqlilik muddati qadoqda ko‘rsatilgan. Muddati o‘tgan mahsulotni ishlatmang.
Ishlab chiqaruvchi: “FARM FORMAT” MChJ, O‘zbekiston.
Biologik faol qo‘shimcha. Dori vositasi emas.

