• Mahsulot turi: Biologik faol qo‘shimcha (vitamin-mineral kompleksi)
• Asosiy komponentlar: Kalsiy karbonat, vitamin D3 (kolekaltsiferol)
• Foydasi: Suyak va tishlarni mustahkamlaydi, mushak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, immunitetni kuchaytiradi
• Shakli: Tabletka
• Qo‘llash sohasi: Osteoporozning oldini olish, suyak sinishi xavfini kamaytirish, vitamin D yetishmovchiligini to‘ldirish
• Saqlash sharoiti: Quruq va salqin joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin
Kalsiy – inson organizmi uchun eng zarur minerallardan biridir. U suyaklar, tishlar va mushaklarning sog‘lom bo‘lishida asosiy rol o‘ynaydi. Ayniqsa, bolalar va o‘sib kelayotgan yoshlar, homilador va emizikli ayollar, hamda yoshi katta insonlar uchun kalsiy yetarli miqdorda iste’mol qilish juda muhimdir.
Kalsiy organizmda yaxshi o‘zlashtirilishi uchun unga D3 vitamini yordam beradi. D3 vitamini quyosh nuri orqali hosil bo‘ladi, ammo ko‘pchilik insonlarda bu vitamin yetishmaydi. Shuning uchun Kalsiy va D3 birgalikda qabul qilinganda:
Odatda kattalar uchun kuniga 1-2 tabletka tavsiya qilinadi (doktor tavsiyasiga ko‘ra). Preparatni ovqatdan keyin suv bilan qabul qilish kerak.

