Savdo belgisi:
Calcule+D®
Chiqarilish shakli: kapsula №___, kapsulalar ichakda eruvchan, o‘lchami №00. Kapsulaning tarkibi: jelatin – 69,01mg, rang beruvchilarsiz, “Halol” sertifikatiga ega.
Tarkibi: 1 kapsuladagi faol moddalar: kalsiy glitserofosfat-200 mg; vitamin K2 – 100 mkg; vitamin D3 – 600 MЕ. Yordamchi moddalar: kraxmal, mks (mikrokristall sellyuloza).
Ta’siri: Calcule+D®ning ta’siri uning tarkibidagi kalsiy glitserofosfat, vitamin K2, vitamin D3 bilan bog‘liq.
Kalsiy glitserofosfat - mineral qo‘shimcha sifatida qabul qilish tanadagi kalsiy darajasini saqlab qolishda, kalsiy yetishmovchiligini davolashda va suyak mineral zichligini oshirishda yordam beradi. Zaif suyaklarning mustahkamligini ta’minlaydi, shuningdek, qariyalarda tasodifan suyak sinishi xavfining oldini oladi. U bir nechta muhim funksiyalarni bajaradi, jumladan suyaklar qurilishida ishtirok etadi, tishlarni sog‘lom saqlanishiga yordam beradi, mushaklarning qisqarishi funksiyasini hamda yurak faoliyatini nazorat qiladi.
Vitamin K2 - yurak va suyak faoliyati uchun juda muhim. Menaxinon organizmdagi kalsiy almashinuvida ishtirok etadi, suyaklar mo‘rtlashuvining oldini oladi. Postmenopauzal davrda suyaklar yemirilishidan himoya qiladi, tomirlarda kalsiy cho‘kishining oldini olishga yordam beradi va shu bilan salbiy yurak-qon tomir hodisalari havfini kamaytiradi.
Vitamin D3 - yog‘da eriydigan vitamin bo‘lib, quyosh nurlari teriga tushganda va D3 vitamini uchun zarur bo‘lgan barcha moddalar mavjud bo‘lganda, u tabiiy ravishda organizm tomonidan ishlab chiqariladi. Vitamin D3, kalsiy va fosfor almashinuvining regulyatori. Ichakda kalsiyning so‘rilishini va buyrak kanalchalarida fosforning reabsorbsiyasini kuchaytiradi. Kattalar va bolalarda suyak skeleti va tishlarini shakllantirishga, suyaklar tuzilishini saqlashga yordam beradi. Paratiroid bezlarining normal ishlashi uchun zarur. Limfokinlar va ATF sintezida ishtirok etadi.
Calcule+D®ni qo‘llashga ko‘rsatmalar:
• gipokalsiyemiya;
• osteoporoz;
• osteomalyatsiya;
• osteopeniya;
• bolalarda raxitning oldini olish maqsadida;
• revmatoid artrit;
• suyak sinish havfining oldini olish maqsadida;
• suyak mo‘rtlashuvida;
• soch va teri holatini yaxshilash maqsadida;
• nerv tizimi faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida;
• postmenopauza davrida suyaklar yemirilishining oldini olish maqsadida;
• yurak-qon tomir kasalliklarida;
• kalsiy va fosfor almashinuvi buzilganda.
Qo‘llash usuli: tana vazniga qarab. Tana vazni 50 kgdan kam bo‘lgan insonlarga 1 kapsuladan 2 mahal, 50 kg dan yuqori tana vazniga ega bo‘lgan insonlarga 1 kapsuladan 3 mahal ichish tavsiya etiladi.
Qarshi ko‘rsatmalar: homiladorlik va laktatsiya davrida, 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar va preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Nojo‘ya ta’sirlari: kamdan kam holatlarda ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, metiorizm, qorinda og‘riqlar bo‘lishi mumkin.
Dorixonalardan berilish tartibi: shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi: MCHJ “BIO TIME” “Dina Pharm XOS” uchun eksklyuziv mahsulot. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan.

