
«Kaliy Magniy GLS»
Kaliy organizmdagi gomeostazni — ichki muhitning doimiyligini, qonning kislota-ishqor muvozanatini, hujayra va hujayralararo suyuqlik tarkibini saqlashda ishtirok etadi.
- Suv-tuz muvozanatini me’yorlashtirishga va shishlarni kamaytirishga yordam beradi.
- Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yurak qisqarishlari tezligini tartibga solishda ishtirok etadi, qon tomirlarini kengaytirishga yordam beradi va arterial bosimni me’yorlashtiradi.
- Infarkt va boshqa yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini kamaytirishga yordam beradi.
- Nerv impulslarining uzatilishi uchun zarur bo‘lib, mushaklarda spazmlar paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beradi.
Magniy tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, hissiy holatga ijobiy ta’sir qiladi, stressning organizmga salbiy ta’sirini kamaytirishga va uyquni me’yorlashtirishga yordam beradi.
- Yurakning normal faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini kamaytirishga yordam beradi.
- Mushaklarning qisqarishini tartibga solishda ishtirok etadi va spazmlar paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beradi.
BFQ (biologik faol qo‘shimcha). Dori vositasi hisoblanmaydi.