«KALILA VA DIMNA» — adabiy yodgorlik. “Panchatantra” va “Xitopadesha” kabi qadimgi hind og‘zaki ijodi zaminida vujudga kelgan, uning anik, yozilgan vaqti ma’lum emas. Asar shahzodalarga ta’lim-tarbiya berishga mo‘ljallangan bo‘lib, nasihat ruhida yozilgan. Unda ijtimoiy, siyosiy, axloqiy va maishiy masalalar, asosan, majoziy yo‘l bilan 2 shag‘ol (chiyabo‘ri) — Kalila va Dimna (sanskritcha Kartak va Damnako, paxlaviyda Kalilak va Dimna) munozarasi shaklida bayon etiladi. «Kalila va dimna » 6-a. da Eron shohi Xusrav Anushirvon (531—79) buyrug‘iga binoan, uning shaxsiy tabibi Barzuya tomonidan Hindistondan keltirilgan va paxlaviy tiliga tarjima qilingan. 8-a. da mashhur adib Abdulloh ibn al-Muqaffa (721—57) pahlaviydan arab tiliga, undan Rudakiy fors tiliga nazm bilan tarjima qilgan. Husayn Boyqaro davrida Husayn Voiz Koshifiy forschaga tarjima qilib, uni «Anvori Suhayliy» deb nomlaydi. Asarning fors tiliga o‘girilgan nusxasi 16-asr oxirida qayta ishlangan

