Bu asar, necha asrlarki, hikmat va masallar bobida munosib o'rin egallab kelmoqda. Xalq hayoti, dardi, ahli donishlar uluvorligi, hozirjavoblik, donolik aks etgani uchun ham "Kalila va Dimna" ta'rif va tavsifga ega. Undagi masallar, hikmatlar magzi insoniylik, oliyjanoblikni ulug'laydi. Tarbiyaviy ahamiyati jihatidan ham ushbu bebaho asar bugun-da oʻz qiymatini yo'qotmagan. O'qing, uqing, donolar olamida boʻling.

