• Yangilik, yumshoq muqova, 284 sahifa
«KALILA VA DIMNA» - adabiy yodgorlik. «Panchatantra» va «Xitopadesha» kabi qadimgi hind og'zaki ijodi zaminida vujudga kelgan, uning aniq, yozilgan vaqti ma'lum emas. Asar shahzodalarga ta'lim-tarbiya berishga mo'ljallangan bo'lib, nasihat ruhida yozilgan. Unda ijtimoiy, siyosiy, axloqiy va maishiy masalalar, asosan, majoziy yo'l bilan 2 shag'ol (chiyabo'ri) — KALILA va DIMNA (sanskritcha Kartak va Damnako, paxlaviyda Kalilak va DIMNA) munozarasi shaklida bayon etiladi.
«Kalila va Dimna» Eron shohi Anushiravon (531-579) davrida Hindistondan saroy fuzalolaridan bo'lgan Barzuya hakim tomonidan yashirincha Eronga keltirilib, pahlaviy tiliga tarjima qilingan. Bu tarjima yo'qolib ketgan, lekin 570-yillarda pahlaviy tilidan suriya tiliga qilingan Bud nomli shaxsning tarjimasi adabiyotga nodir yodgorlik sifatida qo'shildi. «Kalila va Dimna»ning Abbosiylar xalifaligi davrida o'sha zamonning engo donishmand olimlaridan bo'lmish kotib Abdulla ibn al-Muqaffa (721-757) tomonidan arab tiliga qilingan tarjimasi uning butun dunyo bo'ylab tarqalishiga sabab bo'ldi.

