Kalateya — o‘zining ohorli naqshli barglari bilan ajralib turadigan tirik dekor o‘simlik. Xonaga chiroy, mayinlik va tabiiy muhit bag‘ishlaydi. Havoni tabiiy ravishda tozalaydi va xona ichida kislorod balansini yaxshilaydi. Parvarishi oson: yorug‘, ammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh tushmaydigan joyni yaxshi ko‘radi, namlikni sevadigan o‘simlik. 30–50 sm balandlikdagi kompakt gul bo‘lib, uy, ofis yoki sovg‘a uchun juda mos. Barglari doim yashil bo‘lib, interyerni yanada jonli qiladi.

