"Kakku uyasi uzra parvoz" romani ilk bor 1962-yilda nashr etilishi bilan jamoatchilikni xuddi atom bombasi portlashidek keskin larzaga soladi.
Kitoboxon asarni o'qirkan, "kakku uyasi" deganda, ruhiy kasalliklar shifoxonasini, to'g'rirog'i, jinnixonani. "kakku" deganda esa Katta hamshirani tushunadi. Ammo Retched xonim polaponlarini uchirma qilib, erkinlikka qo'yib yuborish orqali "muammodan xalos bo'lish" niyatida emas.
Ona kakku toqat qilib bo'lmas darajada itoatsiz va isyonkor, parvozga hamisha shay turgan polaponining erk istab urayotgan yurak zarbalariga go'yoki parvo qilmaydi, uzoq yillar davomida o'rnatgan qattiq tartibni shafqatsizlarcha buzayotgan, boshqalarni ham o'z ortidan ergashtirayotgan bemoridan shafqatsizlarcha o'ch olish fursatini poylaydi. Va o'sha kun ham keladi: parvozning oqibatlari bir insonning hurligiga, ozodligiga, umuman, butun boshli hayotiga yakun yasaydi.
Erksizlikdan ham erk topa olish esa chinakam matonat.
Nashriyot: Zabarjadmedia
Tarjimon: Hasan Teshaboyev
Sahifa: 400 bet
Muqova: Qattiq

