Loyiha menejerlariga (va boshliq bo‘lishni orzu qiladiganlarga) bag‘ishlanadi.
Tonnalab kod yozish qiyin, odamlarni boshqarish esa undan ham qiyinroq! Shuning uchun bu kitob sizga ikkalasini ham qilishni o‘rganish uchun kerak.
Qiziqarli hikoyalar va jiddiy saboqlarni birlashtirish mumkinmi? Maykl Lopp (tor doiralarda Rends nomi bilan ham tanilgan) buni uddaladi. Sizni g‘oyat foydali (garchi o‘ylab topilgan bo‘lsa-da) tajribaga ega bo‘lgan xayoliy odamlar haqidagi xayoliy hikoyalar kutmoqda. Rends o‘zining Apple, Pinterest, Palantir, Netscape, Symantec va boshqa yirik IT-korporatsiyalarda ishlagan yillari davomida orttirgan xilma-xil, ba’zan g‘alati tajribasi bilan shunday o‘rtoqlashadi.
Siz loyiha menejerimisiz? Yoki boshlig‘ingiz kun bo‘yi nima bilan shug‘ullanishini bilmoqchimisiz? Rends sizga shishirilgan kurkalarning zaharli dunyosida omon qolishni va disfunksional yorqin odamlarning umumiy telbaligi orasida gullab-yashnashni o‘rgatadi. Aqldan ozgan bu g‘alati jamoada undan ham g‘alatiroq mavjudotlar bor - sirli tashkiliy marosim orqali ko‘plab odamlarning rejalari, fikrlari va bank hisoblari ustidan hukmronlikni qo‘lga kiritgan boshqaruvchilar.
Bu kitob menejment yoki yetakchilik bo‘yicha hech qanday qo‘lyozmaga o‘xshamaydi. Maykl Lop hech narsani yashirmaydi, shunchaki bor gapni aytib beradi (ehtimol, hamma voqealarni ham oshkor qilish kerak emasdir. Ammo faqat shu yo‘l bilan siz bunday xo‘jayin bilan qanday omon qolishni, geeklar va ahmoqlarni qanday boshqarishni va "shu la’nati loyiha"ni qanday qilib baxtli yakunga yetkazishni tushunib olasiz!
"Bu menejmentga oid kitob bo‘lib, odamlarni qanday boshqarish kerakligi haqidagi tushunchalar, g‘oyalar va fikrlarga to‘la. Bu yerda keltirilgan barcha ma’lumotlar mening haqiqiy odamlar bilan o‘zaro munosabatlardagi shaxsiy tajribamga asoslangan (hozirgacha ular bilan muloqotda bo‘laman). Mening rahbarlik tajribam har doim ijobiy bo‘lganini aytishni juda xohlardim, lekin unday emas. Bir necha marta guvohlar oldida tomim uchib ketganday bo‘ldi. Aynan shu guvohlar menga yana o‘zimni qo‘lga olishga yordam berdi va shu bilan ushbu kitobning yana bir sahifasi uchun material berdi."-Maykl Lopp
• Nashriyot: Progress Book
• Muallif: Maykl Lopp
• Sahifa: 400
• Yil: 2019
• Muqova: Yumshoq muqova
• O‘lchami: 70x100/16
• ISBN: 9785446109104

