• Yumshoq muqova
• Qog'oz rangi: oq
• Xatcho‘p Hadya
• Sahifalar 400
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
• Batafzil o'qing
Biz bundan 50-yil muqaddam aql bovar qilmaydigan bo‘lib tuyulgan inqilob davrida yashamoqdamiz. Bu inqilob endilikda dasturlashtirilgan buyruqlarni bajarish o‘rniga mustaqil ravishda o‘rganadigan aqlli mashinalar sohasida yuz bermoqda. Va bunday mashinalarning imkoniyatlari juda katta: tasvirlar, yuzlar va ovozlarni tanib olish, yuzlab tillarga tarjima qilish, avtomobillarni uchuvchisiz boshqarish, tibbiy suratlarda o‘smalarni aniqlash va boshqalar.
Kitob muallifi Yan Lekun bu inqilobning boshida turadi. Tyuring mukofoti sovrindori, Nyu-York universiteti professori va Facebook’dagi fundamental tadqiqotlar rahbari, u arxitekturasi va ishlashi inson miyasi tuzilmasidan ilhomlangan sun’iy neyron tarmoqlari deb ataladigan chuqur o‘rganish ixtirochilaridan biridir. U o‘z kitobida metaforalarga murojaat qilmasdan, kompyuter fanlari va neyrobiologiya kesishmasida o‘zining ilmiy yondashuvini baham ko‘radi, sun’iy intellektning kelajagi, u bilan bog‘liq muammolar va istiqbollarni yoritib beradi.
Bugungi kunda sun’iy intellekt haqiqatan ham butun jamiyatimizni o‘zgartirmoqda. Bu tushunarli va qulay kitob sizni mashinaning qoq markaziga olib boradi, allaqachon voqeligimiz bo‘lgan yangi qiziqarli dunyoni kashf etadi.

