Mishel' Fan ko‘zlariga birinchi marta pardoz chizganidan beri pardozning kuchiga ishonadi. Ko‘zgudagi aksning o‘zgarganini ko‘rgan qiz kosmetikaga va u beradigan o‘z go‘zalligiga ishonch tuyg‘usiga oshiq bo‘lib qoldi. YouTube’dagi birinchi video darsdan boshlab, Mishel obunachilariga pardoz yordamida o‘zini qanday ifodalash mumkinligi haqida so‘zlab beradi. Endi esa Mishel o‘z donoligini "Onlayn va oflaynda qanday qilib muvaffaqiyatli bo‘lish mumkin" kitobi sahifalarida baham ko‘rishga qaror qildi. Uning maslahatlari sizga o‘zgarishga yordam beradi! Ushbu nashr - haqiqiy bilimlar ensiklopediyasi: go‘zallik va moda masalalari bo‘yicha tavsiyalar, hayotiy hikoyalar, etiket, karyera, biznes va ijod haqidagi eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar.

