• Nomi: Qanday qilib xohlagan odam bilan gaplashish mumkin
• Muallif: Mark Roudz
• Janri: Muloqot psixologiyasi, shaxsiy rivojlanish
• Yosh chegarasi: 12+
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni: 180
Mark Roudzning ushbu asari muloqot qilishda qiynaladiganlar uchun ishonchli yordamchi bo‘la oladi. Kitob o‘quvchiga suhbatdosh bilan tezda aloqa o‘rnatish, ularning qiziqishlarini tushunish va suhbatni samarali olib borishni o‘rgatadi. Muallif oddiy psixologik usullar orqali ichki qo‘rquvni yengish, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini erkin his qilish va o‘z fikrini ravon ifoda etishni ko‘rsatadi. Asarda keltirilgan amaliy mashqlar o‘quvchini nazariyani hayotda sinab ko‘rishga undaydi. Ayniqsa, ish faoliyatida, ta’limda yoki kundalik hayotda ko‘plab odamlar bilan muloqot qiladiganlar uchun bu kitob qo‘l keladi. Shuningdek, o‘ziga ishonchni mustahkamlash va notanishlar bilan suhbatlashishda dadil bo‘lishni istaganlar uchun ham ayni muddao.

