Muloqot qilish qobiliyati inson hayotidagi eng muhim ko‘nikmalardan biridir. Ammo notanish inson bilan suhbat boshlash, davrada o‘zini erkin tutish yoki ko‘pchilik oldida fikr bildirish hamma uchun ham oson emas. Ushbu kitob ana shunday qiyinchiliklarni yengib o‘tish, o‘ziga ishonch bilan gapirish va turli vaziyatlarda suhbatni to‘g‘ri olib borishni o‘rgatadi.
Muallif ko‘p yillik jurnalistik va televideniyedagi tajribasiga tayangan holda samarali muloqot sirlarini ochib beradi. U suhbatni qanday boshlash, qiziqarli mavzu tanlash, suhbatdoshni erkin his qildirish va noqulay vaziyatlardan chiqish yo‘llarini tushuntiradi. Shuningdek, uyatchanlikni yengish va notanish insonlar bilan tezda umumiy til topish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.
Kitobda yaxshi suhbatdosh bo‘lish uchun faqat chiroyli gapirishning o‘zi yetarli emasligi ta’kidlanadi. Eng muhim jihatlardan biri — diqqat bilan tinglash, savollar berish va suhbatdoshning fikrlariga samimiy qiziqish bildirishdir. Muallif ish uchrashuvlari, suhbatdan o‘tish, omma oldida nutq so‘zlash va kundalik muloqot uchun foydali usullarni ham ko‘rsatadi.
Asarda muallifning mashhur insonlar bilan suhbatlaridan olingan qiziqarli voqealar, muvaffaqiyatli muloqot namunalari va noqulay vaziyatlardan chiqish tajribalari keltiriladi. Bu misollar orqali o‘quvchi suhbatda samimiylik, ochiqlik, hazil tuyg‘usi va o‘ziga xos uslubning ahamiyatini anglaydi.
Notanish inson bilan bemalol suhbat boshlashni va har qanday davrada o‘zingizni erkin tutishni istaysizmi? Balki samarali muloqot qilishni o‘rganish hayotingizdagi ko‘plab yangi imkoniyatlarga yo‘l ochar?

