• Nomi: Miyani alday olish san’ati
• Muallif: Piter Xoldins
• Janri: Neyropsixologiya, Shaxsiy rivojlanish, O‘zini o‘zi boshqarish
• Yosh chegarasi: 12+
• Muqova: Yumshoq
Kitob o‘quvchiga miyani qanday “aldash” orqali o‘z odatlarini o‘zgartirish va yangi maqsadlarga erishishni o‘rgatadi. Unda ilmiy asoslangan mashqlar va metodlar keltirilgan bo‘lib, ular yordamida inson o‘zida kuchli iroda shakllantirishi, vaqtni to‘g‘ri taqsimlashi va dangasalikdan xalos bo‘lishi mumkin. Piter Xoldins oddiy tushuntirishlar orqali nevropsixologik bilimlarni hayotga tadbiq etish yo‘llarini ko‘rsatadi. Bu kitob intizomni oshirishni, ichki nazoratni mustahkamlashni va ijobiy hayotiy odatlarni shakllantirishni istaganlar uchun mukammal qo‘llanma hisoblanadi.

