KAISI 8624P — elektronika va mobil qurilmalarni professional ta'mirlash uchun mo'ljallangan 2 ta 1 da rework stansiyasi. Qurilma issiq havo feni va payvandlash poyalkasini bir korpusda jamlagan bo‘lib, SMD, BGA, PCB va boshqa elektron komponentlarni o‘rnatish, yechish hamda ta'mirlash ishlarini yuqori aniqlik bilan bajarishga yordam beradi. Qurilmada ikkita mustaqil raqamli displey, haroratni aniq boshqarish, 3 ta xotira kanali (CH1–CH3), magnitli uyqu rejimi (Sleep Mode), sovuq havo funksiyasi va kuchli, barqaror havo oqimi mavjud. Payvandlash va issiq havo bloklari bir vaqtda yoki alohida ishlatilishi mumkin. 800 W quvvat, 100–450°C (issiq havo) hamda 200–500°C (payvandlash) harorat oralig'i professional ustalar uchun yuqori unumdorlikni ta'minlaydi.

