• Nomi: Sohildagi Kafka
• Muallif: Xaruki Murakami
• Janr: Zamonaviy adabiyot, falsafiy roman, magik realizm
• Tili: Rus tili
• Muqovasi: Qattiq muqova
• Betlar soni: 514 bet
“Sohildagi Kafka” — Xaruki Murakamining eng sirli va ramziy romanlaridan biri. Asarda ikki syujet chizig‘i parallel rivojlanadi. Birinchisi — o‘z uyidan qochgan o‘smir Kafka Tamura haqidagi hikoya. U o‘z taqdirini topish va otasining qorong‘i bashoratidan qochish uchun yo‘lga chiqadi. Ikkinchi syujet esa Nakata ismli g‘alati qariyaga bag‘ishlangan bo‘lib, u mushuklar bilan gaplasha oladi va tushunarsiz hodisalar girdobiga tushib qoladi. Voqealar rivojlanar ekan, ularning taqdirlari g‘ayritabiiy tarzda tutashadi. Roman yolg‘izlik, xotira, taqdir, ong osti va insonning ichki o‘sishi mavzularini yoritadi.

