Shukrullo ham qatag‘onning ikkinchi to‘lqinidan jabr ko‘rgan, Sibirga surgun qilingan o‘zbek ijodkorlaridan, sovet hukumati lagerlarida og‘ir azob-uqubatlarni boshidan kechirganlardan biri edi. Uning "Kafansiz ko‘milganlar" romani ana shu voqealarning badiiy ifodasidir. Ustoz shoirning "Hayot ilhomlari," "Tirik ekanman," "Inson va ezgulik," "Inson inson uchun" kabi she’riy to‘plamlari, "Javohirlar sandig‘i," "Tirik qalblar" kabi memuar romanlari o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish va sevib o‘qiladi.

