Boshidan o'tkazgan qiyinchiliklarini, toʻgʻrirog'i, xoʻrlikla-
rini eslash insonni yana bir karra og'ir azobga ro'baro' qiladi.
Uni yozish esa... Qatag'onlik davri tasviri, undan ham ogʻi-
ri - o'zining «xalq dushmani» deb ayblanishi haqida yozish,
mahbusligini eslash, qamoq voqealari, lager hayoti, so'zsiz-
lik... bularning haqqoniy tasviri Shukrulloning «Kafansiz
ko'milganlar»ida yaqqol ifodalangan. Asarning yana bir aha-
miyatli jihati - uning mazkur mavzudagi yagona asarligida.
Ushbu xotira-roman o'quvchiga qatag'on davri haqida tirik
lavhalarni namoyish etadi.

