Boshdan kechirilgan qiyinchiliklarni, aniqrog‘i, xo‘rliklarni eslash yanada ko‘proq azob beradi. Bu haqda yozish... Eng og‘ir qatag‘on davri tasviri, "xalq dushmani" degan ayblov, qamoqdagi xotiralar, qamoqdagi voqealar, lager hayoti, sukunat... ularning haqqoniy tasviri Shukrulloning "Kafansiz dafn"ida yorqin ifodalangan. Asarning yana bir muhim xususiyati shundaki, u shu mavzuda yagona. Ushbu memuar roman o‘quvchini qatag‘on davrining yorqin lavhalari bilan tanishtiradi.

