Mazkur lug‘atda Markaziy Osiyo bog‘dorchiligiga oid istilohlarning arab, fors va o‘zbek tilidagi izohli lug‘atlari keltirilgan bo‘lib, lug‘at qadimda yozilgan qo‘lyozma va toshbosma asarlar asosida tarix fanlari doktori, manbashunos olim Mahmud Hasaniy tomonidan tuzilgan.Lug‘at bog‘dorchilik tarixi bilan shug‘ullanuvchi, botanik olimlar, adabiyotchilar va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

