Mazkur monografiyada O‘zbekiston SSR hududida 1917-1991-yillarda sovet hokimiyati tomonidan yuritilgan qatag‘on siyosati hamda uning oqibatlari arxiv hujjatlari va boshqa tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Unda bolsheviklar partiyasi va sovet davlatining o‘zbek xalqiga nisbatan olib borgan mustamlakachilik va ulug‘davlatchilik shovinizmi siyosati qatog‘on jarayoni misolida yahlit tarzda ilk marta tadqiq etilgan. Kitob O‘zbekistonning sovet davridagi siyosiy tarixi hamda qatag‘on masalalari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.

