Ushbu ta’limiy o‘yin bolalarga so‘zlarni bo‘g‘in yoki qismlarga ajratib, ularning juftini topish orqali diqqat, xotira va so‘z boyligini rivojlantirishga yordam beradi.
🧠 O‘yin davomida bola:
Aralashtirib qo‘yilgan kartochkalar orasidan bir-biriga mos so‘z qismlarini topish kerak. Masalan: a + ya, so‘z + la, ki + tob, ba + la va hokazo.
Bola izlaydi, taqqoslaydi, topadi va natijada o‘ynagan holda yangi so‘zlarni o‘zlashtiradi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ayniqsa foydali. Uyda ota-ona bilan, maktabda yoki rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin.
⭐ Ta’lim + o‘yin + rivojlanish — barchasi bir joyda!
Farzandingizning darsga qiziqishini oshirish va bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazish uchun ajoyib tanlov.

