JQ-D153BT o‘rnatiladigan karaoke moduli faol kolonkalarni ta’mirlash, yangilash va yangi akustik tizimlarni mustaqil yig‘ish uchun mo‘ljallangan. Modul ichki ikki kanalli kuchaytirgichga ega. Chap va o‘ng dinamiklar modulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi, tashqi kuchaytirgich talab qilinmaydi.
Musiqani Bluetooth, USB fleshka, TF/microSD xotira kartasi, AUX kirishi va FM radio orqali tinglash mumkin. Karaoke uchun 6,35 mm mikrofon kirishi, mikrofon ovozini alohida boshqarish va ECHO effektini sozlash imkoniyati mavjud. Umumiy ovoz balandligi alohida regulyator yordamida boshqariladi. Modulni old paneldagi tugmalar yoki komplektdagi pult orqali boshqarish mumkin.
Modul 5 V doimiy kuchlanishda ishlaydi. Barqaror ishlashi uchun kamida 5 V 3 A quvvat manbai tavsiya qilinadi. Ikki dinamik va yuqori ovoz balandligi uchun 5 V 5 A quvvat manbaidan foydalanish ma’qul. 5 V 2 A quvvat manbai kuchli bas va yuqori ovozda yetarli bo‘lmasligi hamda modul qayta ishga tushishi mumkin.
Modul ikkita 10 Vt dinamik bilan sinovdan o‘tkazilgan. Tavsiya etilgan dinamik qarshiligi — 4 Om. Panel o‘lchami: 122 × 55 × 28 mm. Komplektda karaoke moduli, masofadan boshqarish pulti va ulash simlari mavjud. Quvvat bloki, mikrofon va dinamiklar komplektga kirmaydi.

