JP "SIMPLE-U" epoksid smolasi rangtasvir (jivopis) uchun juda mos keladi
JP "SIMPLE-U" EPOKSID SMOLASINI (Quyuq smola) QUYISH BO‘YICHA XARAKTERISTIKALAR VA YO‘RIQNOMA
MUHIM! KOMPONENTLAR PROPORSIYALARINI O‘LCHASH UCHUN ALBATTA ELEKTRON TAROZIDAN FOYDALANING, chunki ko‘pincha epoksid smolasi komponentlari idishlarga me’yoridan ortiqcha quyilgan bo‘lishi mumkin!
Smola va qotiruvchi proporsiyalarini o‘lchash uchun o‘lchov stakanidan foydalanish QAT’IYAN TAQIQLANADI! Faqatgina tekis yuzaga o‘rnatilgan, soz va kalibrlangan ELEKTRON TAROZIDAN foydalaning!
MAKSIMAL QUYISH BALANDLIGI
SMOLA RANGI: to‘liq shaffof va rangsiz (zarurat bo‘lganda epoksid smolasini epoksid smolalari uchun mo‘ljallangan maxsus bo‘yoqlar yordamida har qanday rangga bo‘yash mumkin).
TO‘LIQ QOTISH VAQTI: smolaning qotish vaqti 10-15 soat (ustaxonadagi harorat va namlikka qarab. Harorat qanchalik past va namlik yuqori bo‘lsa, smolaning qotish vaqti shunchalik uzoq bo‘ladi (va aksincha, ustaxonada harorat qanchalik yuqori bo‘lsa, quyilgan smola shunchalik tez qotadi).
SMOLA\QOTIRUVCHI ARALASHTIRISH PROPORSIYASI: (Smola: 700 gr + qotiruvchi: 300 gr).*
KOMPONENTLAR PROPORSIYALARINI O‘LCHASH UCHUN ALBATTA ELEKTRON TAROZIDAN FOYDALANING, chunki ba’zida epoksid smolasi komponentlari idishlarga me’yoridan ortiqcha quyilgan bo‘lishi mumkin!
UF NURLARIGA CHIDAMLILIGI: chidamli. Vaqt o‘tishi bilan sarg‘aymaydi va xiralashmaydi (*to‘g‘ridan-to‘g‘ri ultrabinafsha nurlarining o‘ta intensiv va uzoq muddatli ta’siri bo‘lmagan taqdirda. Mo‘tadil quyosh nuri smola uchun xavfli emas, chunki smola tarkibida maxsus himoya qiluvchi «UF-filtr» qo‘shimchasi mavjud).
KICHRISH (USADKA): Umuman yo‘q!
YAROQLILIK MUDDATI: 1 yil (uzoq muddatli saqlash qorong‘i, salqin xonada, mahkam yopilgan idishda, plyus haroratda amalga oshirilishi kerak). Qotgan holatda xizmat qilish muddati cheklanmagan.
QUYISH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
*Smola qotganidan keyin uni qolipdan oson ajratib olish uchun, quyishni boshlashdan oldin qolipning ichki yuzasiga internet-do‘konimizda (g.page/TorgoviydomJP?gm) sotiladigan maxsus «Ajratuvchi mum» (Razdelitelniy vosk) sepishni yoki smola yopishmaydigan silikon moldlardan (qoliplardan) foydalanishni tavsiya etamiz.
*Agar sizga bir necha qatlamli baland quyilma qilish kerak bo‘lsa, birinchi qatlamni quygandan keyin taxminan 5-8 soat kutish kerak (bu vaqtga kelib quyilmadagi kimyoviy reaksiya cho‘qqisi pasayadi va u jele simon konsistensiyaga keladi), shundan so‘ng kerakli darajaga yetguncha epoksid smolasining ikkinchi qatlamini quyish mumkin. (Ya’ni, keyingi qatlamni quyish uchun oldingi qatlamning to‘liq qotishini kutish shart emas).
MUHIM! Do‘stlar, shunga e’tibor beringki, smolaning qotish vaqti faqatgina ustaxonadagi haroratga emas, balki bir marta quyilayotgan massa hajmiga ham bog‘liq: quyilma massasi qanchalik kam bo‘lsa, smola shunchalik uzoq vaqtda qotadi (va aksincha, quyilma massasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, u shunchalik tez qotadi).

