Qashshoqlik nima? Nochor yashashning aybdori kim? "Pulni topish juda qiyin, uni bilib sarflash hammasidan ham qiyin” degan xalq hikmatini qanday tushunasiz? Farovonlikka erishishning porloq yo‘li bormi? AQSHlik yozuvchi Jorj Samuel Kleyson qalamiga mansub "Vavilonlik boy” asarida ana shu savollarga javob izlanadi. 1926 yilda chop etilgan ushbu asar moliyaviy omadga erishish usullarini o‘rgatuvchi pamfletlar seriyasidan o‘rin olgan kitob bo‘lib, u banklar va sug‘urta kompaniyalari orasida juda tez tarqalib, millionlab o‘quvchilarning olqishiga sazovor bo‘lgan. Aytishlaricha, ushbu kitobni barcha millionerlar o‘qib chiqishgan ekan.
ISBN : 9789943439580
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 143
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq

